Welcome to "Aviasozlar Dehqon Bozori" AJ   Click to listen highlighted text! Welcome to "Aviasozlar Dehqon Bozori" AJ Powered By GSpeech

«AVIASOZLAR DEHQON BOZORI»

Aksiyadorlik jamiyati

Umumiy ma'lumotlar

"Aviasozlar dehqon bozori" aksiyadorlik jamiyati xo'jalik yuritish huquqiga asoslangan jamiyat sifatida tijorat, xo'jalik va boshqa har qanday qonunda taqiqlanmagan faoliyatlarni amalga oshirish uchun tashkil topgan mustakil xo'jalik yurituvchi sub'ektdir.
Jamiyat, O'zbekiston Respublikasining fuqarolik kodeksi, "aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlar-ning huquqlarini himoya qilish to'g'risida"gi Qonuni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 apreldagi 1326-sonli qarori, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2012 yil 28 avgustdagi 253-sonli qarori va unga muvofiq tasdiqlangan Nizom, jamiyat Ustavi hamda amaldagi Qonunchilik va qonun osti hujjatlariga asosan faoliyat ko'rsatadi.
Aktsiyadorlik jamiyati xo'jalik faoliyatini xo'jalik hisobi va o'zini o'zi mablag'bilan ta'minlash printsiplaridan foydalanish, jamiyat aktsiyadorlari va mehnat jamoasining moddiy hamda ijtimoiy extiyojlarni kondirish maqsadida amalga oshiradi.
Ko'zlangan maqsadga muvofiq quyidagilarni amalga oshiradi:
1. Qishloq xo'jaligi, oziq – ovqat mahsulotlari va uni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlar, yordamchi va hunarmandchilik korxonalari mahsulotlari savdosini tashkil qilish uchun kerakli sharoitlarni yaratish;
2. Keng turdagi qishloq xo'jaligi, oziq –ovqat mahsulotlarining va uni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlarning savdo rastalari, savdo o'rinlari, turg'un savdo shahobchalari (shu jumladan savdo pavilonlari, kioskalari) dan foydalangan holda chakana va mayda ulgurji oldi – sottisini amalga oshirish;
3. Jismoniy shaxslar - dehqon fermer xo'jaliklari vakillari, bog'bonlar, polizchilar, yuridik shaxs bo'lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar savdo o'rinlarda me'yoriy hujjatlarda ko'rsatilgan qoidalarga amal qilgan holda savdo faoliyatini amalga oshirish;
4. Yuridik shaxslar – qishloq xo'jaligi korxonalari, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, ta'minot, sotish va savdo korxonalari tomonidan ijara shartnomasi shartlarida, turg'un savdo shahobchalari orqali nazorat – kassa mashinalarini majburiy qo'llagan holda va qonunda ko'rsatilgan tartibda amalga oshirish;
5. Jismoniy va yuridik shaxslarga o'z tasarrufidagi binolarni ijarga berish;
6. Xo'jaliklar va aholining mahsulotlarini sotish uchun jalb qilish maqsadida reklama va boshqa tadbirlarni tashkil qilish;
7. Oziq – ovqat va tovarlarni ishlab chiqarish maqsadida kerakli bozor xizmati infrastrukturasini yaratish;
8. Chetdan tovarlarni jalb qilish shaxsiy tovarlarni ishlab chiqarish va ularni sotish aholiga, tashkilot va korxonalarga xizmat ko'rsatish;
9. O'zbekiston Respublikasi qonunlariga binoan tashqi iqtisodiy faoliyat ko'rsatish;
10. Tijorat, dorixona, savdo – xarid korxonalari, umumiy ovqatlanish shahobchalari ochish;
11. Jamiyat tarkibidagi savdo xarid korxonasi orqali jismoniy shaxslar, dehqon fermer va jamoa xo'jaliklaridan qishloq xo'jaligi, oziq – ovqat mahsulotlarini va ularni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlarni xarid kilish va ushbu mahsulotlarni korxona, muassasa va tashkilotlarga ulgurji savdosi orqali sotish hamda jamiyat ixtiyoridagi do'konlar orqali chakana sotish;
12. Savdo – xarid faoliyati, ulgurji va chakana savdo;
13. Umumiy ovqatlanish sohasida xizmat turlarini ko'paytirish, restoran, kafe, barlar ochish, milliy va Evropa taomlarini tayyorlab sotish, salqin ichimliklar, qandolat, non va non mahsulotlari tayyorlash;
14. Jismoniy shaxs yoki huquqiy shaxs huquqini beruvchi, shu jumladan tijorat korxonalarini, markazlar tashkil qilish;
15. Maishiy xizmat ko'rsatish shaxobchalarini tashkil qilish;
16. Bozor kon'yukturasini o'rganish, sotiladigan tovarlarni baho va baholarni tashkil qilishni o'rganish, ichki va tashqi hamkorlar bilan aloqalarni tiklash tadbirlarni o'tkazish;
17. Jamiyat ruxsatnoma zarur bo'lgan faoliyat bilan shug'ullanishi huquqiga, bunday ruxsatnoma olgandan so'ng yoki ruxsatnomada ko'rsatilgan davr ichida ushbu faoliyat bilan shug'ullanishi mumkin.

Onlayn so'rovnoma

“Aviasozlar Dehqon Bozori” AJ-ning faoliyatini qanday baholaysiz?

Obuna bo'lish

2025-yil davomida kelib tushgan murojaatlar soni:
Og`zaki murojaatlar: 2
Telefon / faks orqali: 1
Korporativ web-sayt / e-mail orqali 2
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali: 0
Boshqa usullari orqali: 3
Umumiy soni: 8
Ko’rib chiqilmokda: 3
Javob yuborildi: 5
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech