“Aviasozlar Dehqon Bozori” AJ rasmiy veb-saytiga xush kelibsiz!
"Aviasozlar dehqon bozori" aksiyadorlik jamiyati xo'jalik yuritish huquqiga asoslangan jamiyat sifatida tijorat, xo'jalik va boshqa har qanday qonunda taqiqlanmagan faoliyatlarni amalga oshirish uchun tashkil topgan mustakil xo'jalik yurituvchi sub'ektdir.
Jamiyat, O'zbekiston Respublikasining fuqarolik kodeksi, "aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlar-ning huquqlarini himoya qilish to'g'risida"gi Qonuni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 apreldagi 1326-sonli qarori, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2012 yil 28 avgustdagi 253-sonli qarori va unga muvofiq tasdiqlangan Nizom, jamiyat Ustavi hamda amaldagi Qonunchilik va qonun osti hujjatlariga asosan faoliyat ko'rsatadi.
Aktsiyadorlik jamiyati xo'jalik faoliyatini xo'jalik hisobi va o'zini o'zi mablag'bilan ta'minlash printsiplaridan foydalanish, jamiyat aktsiyadorlari va mehnat jamoasining moddiy hamda ijtimoiy extiyojlarni kondirish maqsadida amalga oshiradi.